Profilaktika tadbirlari davom etmoqda

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼkidlanganidekmamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, xalqimapiz uchun munosib turmush tarzini yaratish, eng avvalo jahon bozoriga raqobatdardosh mahsulotlar bilan chiqishni taqozo qiladi. Buning uchun esa, korxonalarimizda xalqaro standartlarni joriy qilishimiz, yangi texnologiyalar, yangicha ishlab chiqarish uslublari, zamonaviy nazorat infratuzilmasini shakllantirishimiz zarur boʻladi.

“Oʻzstandart ” agentligi huzuridagi Departament mutaxassislari oʻzlariga yuklatilgan vazifalar doirasida mamlakatimiz korxonalarida ushbu yoʻnalishlarda olib borilayotgan ishlarni oʻrganmoqdalar.

Departament mutaxassislari tomonidan yanvar oyida 263 ta korxonada oʻrganishlar oʻtkazildi.

Ushbu tadbirlar davomida 167 ta korxona 344 ta texnik reglament va standartlar bilan taʼminlandi.

Shu jumladan Jizzax viloyatida Jizzaxkenteks MCHJ,Sangzortekstil MCHJ OʻzDSt3312:2018 standarti, “Akkumulyator zavodi” AJ OʻzDSt ISO/IEC 17025:2019 standarti, Qashqadaryo viloyatida “Juvon nur” MCHJ GOST 2933-93, GOST 2990-78 va GOST 871-78 standartlari bilan taʼminlandi.

32 ta korxonadanormativ hujjatlar toʻliq koʻrikdan oʻtkazilib, zamonaviylari yani xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirilgan 273 ta hujjatlar yetkazib berildi.

Departament mutaxassislari shuningdek, xalqaro standartlar joriy etilgan 12 ta korxonada ham boʻlishib, navbatdagi bosqich vazifalarining amalga oshirilishi bilan tanishishdi.

Oʻrganishlar davomida 66 ta korxonada 135 turdagi oʻlchov vositalarining qiyoslov muddati oʻtganligi aniqlandi va 14 ta korxonaga 105 turdagi oʻlchov vositasini davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazilishida amaliy yordam koʻrsatildi.

Ushbu korxonalar qatoriga Andijon viloyatida “Glorious Future” MCHJ, “Vodiy Innovatsiya Savdo” MCHJ,“Afrometan” MCHJ va Navoiy viloyatida “Navbahor tekistil” MCHJ, “Karmana Dilnur” MCHJ larni kiritish mumkin.

Oʻrganishlar oʻtkazilgan 263 ta korxonadan 24 tasida 19 turdagi mahsulot xorijga eksport qilinishi, qolgan 239 ta korxona mahsulotlari esa ichki bozorga chiqarilishi maʼlum boʻldi.

Oʻz navbatida 263 ta korxonaning 21 tasida 24 turdagi xom ashyo va butlovchi qismlar xorijdan import qilinishi, qolgan 242 ta korxona esa mahalliy xom ashyodan foydalanishi aniqlandi.

263 ta korxonadan 35 tasida sinov laboratoriyalari mavjudligi, 82 ta korxona esa shartnoma asosida boshqa sinov laboratoriyalar xizmatidan foydalanishi, qolgan 146 ta korxonada esa sinov laboratoriyalari mavjud emasligi va boshqa sinov laboratoriyalar xizmatidan foydalanish uchun shartnomalar tuzilmaganligi aniqlandi. Ushbu korxonalar rahbarlariga ishlab chiqarishni zamonaviy asnoga qoʻyishda, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligini taʼminlashda zamonaviy laboratoriyalarning nechogʻlik ahamiyatga ega boʻlishi tushuntirildi.

Shuningdek, profilaktika tadbirlari davomida oʻrganilgan korxonalarning rahbarlari va mutaxassislari sohaga oid qonun va boshqa normativ hujjatlar bilan tanishtirildi.

Оставьте комментарий