“Oʻzstandart” agentligi rahbariyati tizim-tashkilotlarda faoliyat koʻrsatayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolari, takliflari va tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi.
Ochiqlik tamoyillari asosidagi mazkur muloqot jarayonida yoshlar oʻzlarining bir qator takliflari hamda yangi gʻoyalarini oʻrtaga tashladilar.
Uchrashuvda bildirilgan barcha tashabbuslar Agentlik rahbariyati tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi aytib oʻtildi.