Metall prokati sifati yaxshilanadi

Mamlakatimizda barcha jabhalarda olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari, investitsiya va infratuzilma loyihalari koʻlami metall mahsulotlari sifati va xavfsizligini taʼminlash masalalariga zamonaviy yondoshuvni talab qilmoqda. Vazirlar Mahkamasi tashkil etgan idoralararo ishchi guruhlar tomonidan qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati oʻrganilganda, mahsulot sifati va ishlab chiqarish xavfsizligiga bevosita taʼsir qilishi mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjudligi, shu jumladan texnik reglamentlar yoʻqligi, mahsulot sifati sinovlar orqali nazorat qilinmasligi, muvofiqlik sertifikatisiz mahsulot sotish, davriy qiyoslanmagan oʻlchov vositalaridan foydalanish hollari mavjudligi aniqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 17-fevralda qabul qilingan 89-son “Qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqarishni tartibga solish va sifatli metall prokatini qoʻllash chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ushbu nuqtai-nazardan ayni muddao boʻldi.

Qarorda “sotilayotgan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan metall prokatining har bir toʻpiga ishlab chiqaruvchi(import qiluvchi tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqlik yuzasidan sinovlarning ijobiy natijalari asosida rasmiylashtiriladigan sifat toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinishi kerak”ligi belgilangan boʻlib, sohani tubdan yangilashga xizmat qiladi.

Qarorda yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va metall prokati ishlab chiqarishni zamonaviy talablar negizida tashkil etishni nazarda tutadigan qator vazifalar belgilangan boʻlib, shubhasiz sohani tezkor rivojlantirishga zamin yaratadi.

Оставьте комментарий