Maʼmuriy jarimaga tortildi

“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi departament mutaxassislari qator sertifikatlashtirish organlarida oʻtkazishgan oʻrganishlarda maʼlum boʻldiki, baʼzi hollarda sertifikatlashtirishga olingan mahsulotlar uchun sinov dasturlari tuzilmasligi, tegishli normativ hujjatda belgilangan koʻrsatkichlar boʻyicha sinovlar toʻliq oʻtkazilmasligi yoki tadbirkorlarning sertifikatlashtirishga doir arizalarining koʻrib chiqilishi muddatlari asossiz choʻzib yuborilishi hollari uchramoqda.

Bu tariqa kamchiliklar “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK xuzuridagi tibbiy maxsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi, “Sanoat geokontexnazorat” davlat inspeksiyasi qoshidagi sertifikatlashtirish idorasi, Qishloq xoʻjalik texnikalari va texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish markazi sertifikatlashtirish idorasi, Oʻlchov va sinov vositalarini sertifikatlashtirish boʻlimi sertifikatlashtirish idoralarida kuzatildi. Ushbu idoralar rahbarlari tegishli tarzda ogohlantirildi va kamchiliklarga bevosita javobgar boʻlgan shaxslar maʼmuriy jarimaga tortildi.

Оставьте комментарий