Qizgʻin bahslarda oʻtdi

Maʼlumki tashkil etilganligiga endigina bir yil boʻlayotgan Departament jamoasi asosan yosh mutaxassislardan shakllantirilgan. Shu bois departamentda har hafta adogʻida texnik oʻquvlar oʻtkazish anʼanaga aylangan. Bu oʻquvlarda mamlakatimizda yangi qabul qilinayotgan sohaga tegishli normativ hujjatlar, oʻzlashtirilayotgan sinov uslublari, oʻlchov vositalarini qiyoslash kabi mavzular interfaol tarzda oʻrganiladi, muhokama qilinadi, malakaali mutaxassislarning ish tajribalari va uslublari ommalashtiriladi.

Texnik oʻquvning joriy haftadagi mavzusi tadbirkorlik subyektlariga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida koʻmaklashish, ularda qonunbuzilishiga qarshi profilaktika tadbirlari hamda tekshirishlarni oʻtkazish tartibiga bagʻishlanib, oʻquv seminar shaklida oʻtkazildi. Seminarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili (Biznes-ombudsmen) devoni masʼul xodimi M.Miraliyev taklif qilindi.

Seminarda tajribali mutaxassislar N.Oʻrazqulov, F.Hakimova, J.Habibullayevlar tadbirkorlarga koʻmaklashish, davlat nazoratini tashkil etish, maʼmuriy javobgarlikka tortish amaliyoti kabi mavzularda maʼruza qilishgan boʻlsa, Biznes-ombudsmen devoni masʼul xodimi M.Miraliyev tekshirishlarni oʻtkazish tartibiga atroflicha toʻxtaldi.

Seminarda real hayotda uchrayotgan vaziyatlar va bunda departament mutaxassislarining amalga oshirishi lozim boʻlgan tadbirlar koʻrgazmali qurollar yordamida rekonstruksiya qilingan holda koʻrsatildi va zarur tushunchalar berildi.

Departamentning hududiy mutaxassislari ham selektor orqali ishtirok etishganligi, yosh mutaxassislarning qizgʻin bahs-munozalari seminarga oʻzgacha ruh bagʻishladi.

Оставьте комментарий