Yuz niqoblariga davlat standartlari tasdiqlandi

Mamlakatimizda hozirgi kunda yuz niqobi (maska) ishlab chiqaruvchi 193 ta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

Yuz niqobini ishlab chiqarish uchun amaldagi yagona davlat standarti mavjud emas edi. Korxonalar faqatgina oʻlchamlariga talablar belgilangan tashkilot standartlaridan foydalanib kelishgan. “Oʻzstandart” agentligi mutaxassislari tomonidan xalqaro standartlar( Yevropa Ittifoqining EN 14683 standarti)ga uygʻunlashtirilgan 2 taOʻzbekiston davlat standarti ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Hozirgi kunda ushbu davlat standartlari korxonalarga bepul yetkazilmoqda.

Jumladan Qoraqalpogʻistonda yuz niqobi ishlab chiqaruvchi 12 ta korxonalarda kuniga 99 ming dona mahsulot tayyorlanmoqda.

Navoi viloyatida 7 ta korxonada kunida 51 ming dona yuz niqobi ishlab chiqarilmoqda.

Xorazm viloyatida 18 ta yuz niqobi ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Mazkur korxonalarda bir kunda 110 ming dona niqob ishlab chiqarilmoqda.

Andijon viloyatida 16 ta yuz niqobi ishlab chiqaradigan korxona boʻlib, ularda kuniga 231 ming dona mahsulot tayyorlanmoqda.

Sirdaryo viloyatida 7 ta korxonada 140 ming dona yuz niqobi ishlab chiqarilmoqda.

Ushbu va respublikamizning barcha turdosh korxonalarida oʻtkazilgan oʻrganishlar yakunida ularning hammasi tibbiy niqob ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli boʻlgan yangi OʻzDst 3452-2020 va OʻzDst 3453-2020 davlat standartlari bilan bepul taʼminlandi.

Aholiga sotilayotgan yuz niqoblarining xavfsizligini oʻrganish maqsadida “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament mutaxassislari tomonidan Toshkent shahri dorixonalarida sotilayotgan 7 xil yuz niqoblaridan namunalar olinib, Sanitariya-epidemiologiya sinov laboratoriyasida tegishli tahlillardan oʻtkazildi. Oʻtkazilgan sinovlar natijasida mazkur niqoblar (formaldegid, fenol, stirol va butil spirti koʻrsatkichlari boʻyicha) amaldagi normativ hujjatlargamuvofiq ishlab chiqarilganligi tasdiqlandi.

Оставьте комментарий