SE TAMGʻALANISHI

SE tamgʻalanishi deganda nimani tushunamiz:

CE (fransuzcha Conformité Européenne jumlasining qisqartmasi boʻlib, “Yevropacha muvofiqlik” maʼnosini bildiradi, inglizchasi CE Marking) tamgʻalanishi mahsulot YEI(Yevropa ittifoqi) direktivalari va uygʻunlashtirilgan standartlarining asosiy talablariga muvofiqligi hamda tegishli direktivalarga muvofiqlik tekshiruvlaridan oʻtganligini tasdiqlovchi maxsus belgi hisoblanadi.

SE tamgʻalanishi CE-Kennzeichnung(Yevropa sifat direktivalariga muvofiqlik belgisi), Hamjamiyatning Yangi va Global yondoshuvlari Direktivalari qamroviga tushadigan mahsulotlar uchun majburiy tusga ega boʻlib, ularga SE belgisi tushirilishi talab qilinadi, bu hol ishlab chiqaruvchining ixtiyoriga bogʻliq boʻlmasdan, uni tushirish yoki majburiy boʻladi yoki tushirilishi man qilinadi.

Qaysi mahsulotlar majburiy hisoblanadi:

SE majburiy sertifikatlashtirilishi quyidagi mahsulotlar guruhlariga joriy qilinadi: 

Direktiva raqamiMahsulot toifalari
2014/35/EUPast voltli uskunalar
2014/29/EUBosim ostidagi oddiy (idish)naylar
2009/125/ECEnergetika bilan bogʻliq mahsulotlar eko-dizaynlari
2000/14/ECBinodan tashqarida ishlatiladigan uskunalardan chiqadigan shovqin darajasi
2009/48/ECBolalar oʻyinchoqlari xavfsizligi
(EU) 305/2011Qurilish mahsulotlari
2014/30/EUElektromagnit muvofiqlik
2006/42/ECMashina va uskunalar
89/686/EECShaxsiy himoya vositalari
2014/31/EUTortish(oʻlchash) uchun noavtomatik uskunalar  
2009/142/EC (bыvsh. 90/396/EEC)Gazsimon yoqilgʻini yoqish uskunalari
92/42/EEC, 93/68/EEC, 2004/8/EC, 2005/32/ECSuv qizdirish(suyuq yoqilgʻi yoki gazda ishlaydigan) qozonlari
2014/28/EUFuqarolik moʻljalidagi portlovchi moddalar
93/42/EEC, 98/79/EC, 2000/70/EC, 2001/104/EC,Tibbiy buyumlar
(EC) 1907/2006Kimyoviy tarkibotlar(REACH)
90/385/EEC, 93/42/EEC, 93/68/EEC, 2007/47/ECFaol ulanadigan tibbiy qurilmalar
98/79/ECin-vitro ni diagnostika qiladigan tibbiy anjomlar 
2014/34/EUPortlash xavfi mavjud muhitlarda ishlatish uchun uskuna va himoya tizimlari
94/25/EC, 2003/44/ECSayr qemalari
2014/33/EULift va koʻtarish mexanizmlari
2014/68/EUBosim ostidagi uskunalar
99/5/ECElektr aloqasining elektromagnit va boshqa uskunalari
2000/9/ECOdamlarni tashish uchun osmaarqon yoʻllar
2014/32/EUOʻlchov asboblari
2013/29/EUMushakbozlik buyumlari
72/245/YeYES*2009/19/YESAvtomobil mahsulotlari (E-mark)

SE tamgʻalashini tushirish huquqini olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:   

  • mahsulot qaysi direktiva(lar)ga muvofiq kelishini aniqlash;
  • mahsulotni baholashning qoʻllab boʻladigan tekshiruvlarini aniqlash;
  • mahsulotning qaysi yevropa standartiga muvofiq boʻlishi lozimligini aniqlash;
  • mahsulotning muayyan turiga qoʻllaniladigan YEI uygʻunlashtirilgan standartlarini, mavjud boʻlmaganda esa baholash uchun Yevropa hujjati talablarini aniqlash;
  • mahsulot direktivalarda keltirilgan barcha muhim talablarga toʻliq muvofiq kelishiga ishonch hosil qilish;
  • mahsulot muvofiqligini YEI vakolatli organi ishtirokida mustaqil tahlildan oʻtkazish talab qilin(masligi)ishini aniqlash;
  • mavjud tahdidlar tahlilini qoʻshgan holda zarur texnik hujjatlarni tayyorlash;
  • muvofiqlik deklaratsiyasini, uni tasdiqlovchi isbotlari bilan birgalikda tayyorlash, bu hujjatlar Yevropa ittifoqi vakolatli organlarining birinchi soʻroviga muvofiq taqdim etilishi kerak;
  • mahsulotga va/yoki oʻrov-idishiga hamda ilova hujjatlariga SE tamgʻalashini tushirish.

SE tamgʻalashini kim tushirishi kerak:

SE tamgʻalash mahsulot ishlab chiqaruvchisi (YEI ichkarisida ham, tashqarisida ham) tomonidan yoki uning YEI doirasidagi vakolatli vakili tomonidan tushiriladi.

Оставьте комментарий