Bugun 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni. “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligiga esa 31 yil toʻldi.
“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departamentda ham butun mamlakatimizda boʻlgani kabi ona tilimizga bagʻishlangan “Tilga eʼtibor – elga eʼtibor” mavzusida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Departament boshligʻi jamoa aʼzolarini til bayrami bilan qutlash bilan birga, har birimiz tilimizning rivojiga baholi qudrat hissa qoʻshishga, buning uchun hech boʻlmaganda tilni chuqurroq bilishga harakat qilishimiz, oʻqib-oʻrganishimiz zarurligini alohida taʼkidladi.
“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktorining Maʼnaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun xujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi A.Pardayev oʻz chiqishida ona tilimizning tarixiy ildizlari, sohada amaliyotga kiritish istiqbollariga atroflicha toʻxtalib oʻtdi.
Tadbir mutaxassislarning oʻzbek tilida sohaga doir normativ hujjatlar yaratish borasidagi qizgʻin muhokamalari bilan yakunlandi.