SANOAT KLASTERLARIGA AMALIY YORDAM

Maʼlumki Respublikamiz Prezidenti tomonidan joriy yil 18-avgustida “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yana-da rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmon qabul qilingan edi. Ushbu farmon hamda eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Xukumat komissiyasining tegishli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Departament mutaxassislari korxonalarda boʻlishib, oʻrganishlar oʻtkazishmoqda.

Xususan Departament mutaxassislari Surxondaryo viloyatida tashkil etilishi koʻzda tutilayotgan sanoat klasterlari zanjiriga kiritilgan korxonalarda boʻlishib, xom ashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan har bir qadamda zarur boʻladigan standartlar va texnik reglamentlarni aniqlab (57 ta standart (8 tasi xalqaro) va 6 ta texnik reglamentlar) yetkazib berishdi. Mutaxassislarimiz shuningdek, ushbu korxonalarni doimiy otaliqqa olishib, ishlab chiqarilishi koʻzda tutilayotgan mahsulotlarning tegishli standart va reglamentlarga muvofiq boʻlishida amaliy yordam koʻrsatishadi.

Manzilli dasturga kiritilgan xar bir korxonaga standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va sertifikatlashtirish sohalarida barcha zaruriy maʼlumotlar jamlangan Qoʻllanmalar tarqatildi.

Bundan tashqari, korxonalarga zarur boʻlgan 5 ta yangi texnik reglamentlarni (qurilish, qurilish xom ashyosi, mebel, meva va sabzavot) ishlab chiqish belgilab olindi.