XORAZMDA SEMINAR OʻTKAZILDI

2020-yil 28-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida oʻtkazilgan “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya milliy tizimini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda qoʻyilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Urganchda “Oʻzstandart” agentligi boshqarma boshligʻi A.Askarov (onlayn tarzda), Departament, “OʻzTEST” DUK Xorazm filiali mutaxassislari hamda ishlab chiqaruvchilar ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda “Oʻzstandart” agentligi boshqarma boshligʻi A.Askarov (onlayn tarzda) 28-sentyabr kuni oʻtkazilgan yigʻilishda Prezidentimiz tomonidan qoʻyigan vazifalar, “Oʻzstandart” agentligi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish hamda mahsulotlarni eksport qilishda yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar toʻgʻrisida batafsil tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, seminarda Departament bosh mutaxassisi Sh.Atayev va “OʻzTEST” DUK Xorazm filiali rahbari A.Xudayberganovlar sohada olib borilayotgan ishlar, yangidan qabul qilingan texnik reglament va standartlar, sinov laboratoriyalarini zamonaviylashtirish va Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish” va “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunlari hamda Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksda belgilangan qoidalar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtishdi.

Yigʻilish yakunida mavzuga oid savol va takliflar eshitilib, mutaxassislar tomonidan atroflicha javob va tavsiyalar berildi. Seminar bahs va munozaralar asosida qiziqarli tarzda yakunlandi.