KOʻRSATKICHLAR IKKI KARRA OSHIRILADI

Maʼlumki, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida qonun hujjatlari buzilishining oldini olish maqsadida, profilaktika tadbirlarini amalga oshirish Departamentning asosiy vazifalaridan etib belgilangan.

Departament mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida qoʻyilgan vazifalardan ruhlangan holda oʻtgan yil yakunlarini tanqidiy tahlil qilish bilan birga, joriy yilga salmoqli marralar belgilashmoqda. Xususan, Departamentning Xorazm viloyati mutaxassislari tomonidan 2020-yilda 271 ta tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari oʻtkazildi. Ushbu jarayonda 35 ta korxonaga muvofiqlik sertifikatini olishda, 42 ta korxonada foydalanilayotgan 120 ta oʻlchov vositalarini qiyoslovdan oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatildi. Shuningdek 169 ta korxona 423 ta (GOST, ISO, Oʻz DSt va hokazo) meʼyoriy xujjatlari bilan taʼminlandi va 247 ta meʼyoriy hujjatlarini dolzarblashtirishda amaliy yordam koʻrsatildi.

Joriy yilda ushbu koʻrsatkichlar kamida ikki baravar koʻpaytirilishi rejalashtirilmoqda. Buning uchun yetarli asoslarga egamiz, — deydi yetakchi mutaxassis Bobur Xudaybergenov, — Departament tashkil etilgandan keyingi oʻtgan ikki yil davomida anchayin ish tajribasiga ega boʻlish, nazariy bilimlarimizni oshirish bilan birga, zamonaviy ish uslublarini ham oʻzlashtirmoqdamiz.

“Oʻzstandart” agentligi xuzuridagi

Departamentning Xorazm viloyati boʻyicha

yetakchi mutaxassisi B.Xudaybergenov