Bugungi kunda respublikamizda ish yuritilishi hamda hujjatlar almashinuvi jarayonlari davlat tilida olib borilmoqda.
Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish Departamenti tashabbusi bilan chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” qoʻllanmasi mazkur sohani tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Oʻzstandart” agentligida mazkur qoʻllanmaning mazmun mohiyatiga bagʻishlangan uchrashuvda tizim tashkilotlari hamda markaziy apparat masʼullariga qoʻllanmani ish yuritishda qoʻllash, undan samarali foydalanish va davlat tilida ish yuritishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.