Sifatsiz mahsulot importi cheklanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi PQ-4812-sonli “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq sifatsiz, sertifikatlanmagan va qalbaki, shuningdek Yevropa Ittifoqi (YEI) va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqida (YEOII) xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimlariga kiritilgan mahsulotlar mamlakatimizga olib kirilishining oldini olish maqsadida maxsus axborot tizimi joriy etildi.
Ushbu axborot tizimining maqsadi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash va mamlakatimiz hududiga sifatsiz mahsulotlar kirib kelishining oldini olishdan iborat.
2021-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi davlatlariga olib kirish taqiqlangan 19 ta sifatsiz mahsulotlarning Oʻzbekistonga ham importiga taqiq kiritildi. Quyidagilar ushbu mahsulotlar qatoriga kiradi:
Bolalar uchun idishlar toʻplami
Ogohlantirish turi: jiddiy xavfga ega mahsulot
Mahsulot nomi: set repas bambou — 5 pièces
Markasi: VERBAUDET
Ishlab chiqaruvchi davlat: Xitoy Xalq Respublikasi
Xavf turi: boʻgʻilish, jarohatlanish
Tavsifi: Bambukdan tayyorlangan kompozitsion materialdan yasalgan, dekorativ naqshli (begemot, dengiz sheri) sanchqi, qoshiq, tarelka va stakandan iborat bolalar uchun idishlar toʻplami.
Xavf: Mahsulot ichidagi sanchqi oson sinib, mayda boʻlaklarga ajraladi. Yosh bola mayda boʻlaklarni ogʻziga solib boʻgʻilib qolishi mumkin. Singan boʻlaklar bola ichki aʼzolarini shikastlash ehtimoli mavjud. Mahsulot Yevropa standarti EN 14372 talablariga javob bermaydi.
Qadoqlanishi: karton quti
Soch turmaklash vositasi
Ogohlantirish turi: jiddiy xavfga ega mahsulot
Mahsulot nomi: haircare 2 fasen
Markasi: imago
Ishlab chiqaruvchi davlat: Belgiya
Xavf turi: kimyoviy
Tavsifi: shaffof qopqoq va oq-qora rangli yozuvlar bilan koʻk rangli konteynerda internet orqali sotilgan.
Xavf: Mahsulot tarkibida siklotetrasiloksan moddasi mavjud (oʻlchov qiymati: 4%). Kosmetika qoidalarida siklotetrasiloksan moddasini qoʻllash taqiqlanadi. Mahsulot kosmetika qoidalariga muvofiq emas.
Axborot tizimiga kiritilgan sifatsiz mahsulotlar bilan control.standart.uz elektron manzilida batafsil tanishishingiz mumkin.