OʻYINCHOQLAR XAVFSIZLIGI TAʼMINLANISHI SHART

Maʼlumki doʻkonlarda plastik materiallardan tayyorlangan bolalar oʻyinchoqlari turfa xil. Xoʻsh, ularning hammasi ham xavfsizmi, bolajonlarimizning sogʻligiga tahdid tugʻdirmaydimi? Quyida Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan va YEI bozoriga kiritilishi man qilingan oʻyinchoqlar toʻgʻrisida soʻz boradi.

PLASTIK OʻYINCHOQ

Xabarnoma turi: jiddiy xavfli mahsulot

Mahsulot nomi: Yellow Duck

Rusumi: nomaʼlum

Tavsifi: plastik sariq oʻrdaklar

Tahdid turi: kimyoviy

Xavf: Oʻyinchoq tarkibida ortiqcha miqdordagi bis (2-etilgeksil) ftalat (DEHP) (oʻlchov qiymati: ogʻirligi 24,7%) va dibutilftalat (DBP) (oʻlchov qiymati: ogʻirligi 8,6%) mavjudligi aniqlandi. Ushbu ftalatlar yosh bolalar sogʻligʻi uchun xavfli boʻlib, reproduktiv tizimga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Mahsulot REACH reglamenti talablariga javob bermaydi.

Oʻrov-idishi: Polietilen paket.

Ishlab chiqaruvchi mamlakat: Xitoy Xalq Respublikasi

Xabarnoma Polshadan tarqatilgan.

Axborot tizimiga kiritilgan sifatsiz mahsulotlar bilan sontrol.standart.uz elektron manzilida batafsil tanishishingiz mumkin.

PLASTIK QOʻGʻIRCHOQ

Xabarnoma turi: jiddiy xavfli mahsulot

Mahsulot nomi: Fish Doll

Rusumi: nomaʼlum

Tavsifi: Suv parisi koʻrinishidagi plastik qoʻgʻirchoq

Tahdid turi: kimyoviy

Xavf: Oʻyinchoqda tarkibida ortiqcha miqdordagi bis (2-etilgeksil) ftalat (DEHP) (oʻlchov qiymati: ogʻirligi 33,6%) mavjud. Ushbu ftalatlar yosh bolalar sogʻligʻi uchun xavfli boʻlib, reproduktiv tizimga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Mahsulot REACH reglamenti talablariga javob bermaydi.

Oʻrov-idishi: Old tomoni shaffof karton quti.

Ishlab chiqaruvchi mamlakat: Xitoy Xalq Respublikasi

Xabarnoma Polshadan tarqatilgan.

Axborot tizimiga kiritilgan sifatsiz mahsulotlar bilan sontrol.standart.uz elektron manzilida batafsil tanishishingiz mumkin.