TEGISHLI KOʻRSATMALAR BERILDI

Departament mutaxassislarining texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida qonunchilikka rioya qilinishida tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish borasidagi say-harakatlari davom etmoqda. Ushbu tadbirlar joriy yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi “qoniqarsiz” baholangan tumanlarda ayniqsa faol oʻtkazilmoqda.

Yanvar oyida Respublikamizdagi 300 ta korxonada profilaktika tadbirlari oʻtkazilgan boʻlsa, ularning 248 tasi ushbu hududlarda amalga oshirildi. Mutaxassislarimiz ushbu korxonalarga tashrifi davomida ularga zarur boʻlgan 757 ta meʼyoriy hujjat bilan taʼminlashib, 92 ta oʻlchov vositalari davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazilishi va sertifikatlashtirish masalalarida amaliy yordam koʻrsatishdi.

Profilaktika tadbirlari davomida oʻrganilgan korxonalarning rahbar va mutaxassislari sohaga oid barcha qonun, qarorlar bilan tanishtirildi va normativ hujjatlar joriy qilinishi borasida tegishli koʻrsatmalar berildi.