Jamoatchilik ishtiroki muhimligi taʼkidlandi

Bugun Milliy matbuot markazida Departament rahbariyati va mutaxassislari ishtirokida mamlakatimiz korxonalarida oʻtkazilayotgan profilaktika tadbirlarining borishiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda dastlab, Departament boshligʻi Z.Amonov profilaktika tadbirlarining borishi, tadbirkorlarga tegishli sohalarda koʻrsatilayotgan amaliy yordam,  ularga yetkazib berilgan normativ hujjatlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Soʻngra OAV vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan Departament rahbariyati va mutaxassislariga murojaat qilishdi.

Qariyb bir soat choʻzilgan anjumanda qizgʻin muhokamalar boʻlib, Departament boʻlim boshliqlari va muayyan yoʻnalishdagi mutaxassislari ham, mahsulot xavfsizligi va sifatini taʼminlashga keng jamoatchilikni va OAVni jalb etishning ahamiyati toʻgʻrisida oʻz  fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Anjumanda shuningdek, Departamentning manzilli koʻmagida zamonaviy, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan qator korxonalar vakillari ham oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida OAV vakillari  bunday uchrashuvlar  davriyligini oshirish maqsadga muvofiq boʻlishi toʻgʻrisida taklif bildirdilar.