BOLANGIZGA OʻYINCHOQ OLISHDA EʼTIBORLI BOʻLING!

“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan tashkil etilgan xavfli va sifatsiz mahsulotlar toʻgʻrisidagi axborotlar joylashtiriladigan sontrol.standart.uz portaliga kiritilgan mahsulotlar soni 900 ga yaqinlashib qoldi. Ular jumlasida bolajonlarimiz uchun moʻljallangan 170 tadan koʻproq oʻyinchoqlar ham mavjud. Shu bois ular bilan tanishib qoʻyish foydadan xoli boʻlmaydi, deb oʻylaymiz.

YOGʻOCH OʻYINCHOQ

Xabarnoma turi: jiddiy tahdidli mahsulot

Mahsulot nomi: Wooden magnetic pieces

Rusumi: Salon Roger Fireworks

Ishlab chiqaruvchi davlat: Xitoy Xalq Respublikasi

Xavf turi: Boʻgʻilish

Tavsifi: Yogʻochdan ishlangan magnitli kichik oʻyinchoq avtotransportlar. Mahsulot internet orqali ham sotilgan.

Xavf: Oʻyinchoq toʻplamida mayda qismlar mavjud. Kichik bolalar ularni ogʻziga solib, boʻgʻilib qolishi mumkin. / Mahsulot Oʻyinchoqlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma va tegishli EN 71-1 Yevropa standarti talablariga muvofiq emas.

Xabarnoma Belgiyadan tarqatilgan.

OʻYINCHOQ QUROLLAR TOʻPLAMI

Xabarnoma turi: jiddiy tahdidli mahsulot

Mahsulot nomi: Shooting Game

Ishlab chiqaruvchi davlat: Xitoy Xalq Respublikasi

Xavf turi: Kimyoviy

Tavsifi: Toʻplam plastik nishon, oʻyinchoq telefon, plastik oʻyinchoq toʻpponcha va 3 ta soʻrgʻichli snaryadlardan iborat.

Xavf: Oʻyinchoqning oʻq soʻrgʻichlarida ortiqcha miqdordagi bis (2-etilgeksil) ftalat (DEHP) (oʻlchangan qiymati: ogʻirligidan 5,1%) va dibutilftalat (DBP) (oʻlchangan qiymati: ogʻirligidan 11%) mavjud. Ushbu ftalatlar yosh bolalar sogʻligʻi uchun xavfli boʻlib, reproduktiv tizimiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Mahsulot REACH qoidalari talablariga javob bermaydi.

Oʻrov-idishi: Yuza qismi shaffof blister va orqa qismi karton bilan qadoqlangan.

Xabarnoma Vengriyadan tarqatilgan.

OʻYINCHOQ QUROLLAR TOʻPLAMI

Xabarnoma turi: jiddiy tahdidli mahsulot

Mahsulot nomi: Shooting Gun Game

Ishlab chiqaruvchi davlat: Xitoy Xalq Respublikasi

Xavf turi: Kimyoviy

Tavsifi: Oʻyinchoqlar toʻplamida 1 ta plastik oʻyinchoq miltiq, 1 ta oʻyinchoq kamon, har ikkalasi uchun 3-3 turidagi soʻrgʻichli snaryadlar, va 3 ta plastik oʻrdak va koʻzoynak mavjud.

Xavf: Oʻyinchoqning oʻq soʻrgʻichlari osonlikcha olinadi. Agarda yosh bola ularni ogʻziga solsa soʻrgʻich uzilib chiqib, nafas yoʻllarini berkitib qoʻyishi mumkin. Bundan tashqari oʻyinchoqning oʻq soʻrgʻichlarida ortiqcha miqdordagi bis (2-etilgeksil) ftalat (DEHP) (oʻlchangan qiymati: ogʻirligidan 6,6%) va dibutilftalat (DBP) (oʻlchangan qiymati: ogʻirligidan 10%) mavjud. Ushbu ftalatlar yosh bolalar sogʻligʻi uchun xavfli boʻlib, reproduktiv tizimiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Mahsulot REACH reglamenti va Oʻyinchoqlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma va tegishli EN 71-1 Yevropa standarti talablariga muvofiq emas.

Oʻrov-idishi: Yuza qismi shaffof blister va orqa qismi karton bilan qadoqlangan.

Xabarnoma Vengriyadan tarqatilgan.

PLASTIK OʻYINCHOQ

Xabarnoma turi: jiddiy tahdidli mahsulot

Mahsulot nomi: Music Lollipop

Rusumi: HUANGER

Ishlab chiqaruvchi davlat: Xitoy Xalq Respublikasi

Xavf turi: Boʻgʻilish

Tavsifi: Batareyada ishlaydigan lollipop-shirinligi koʻrinishidagi oʻyinchoq.

Xavf: Oʻyinchoq dastagi juda uzun va yosh bola dastakni ogʻziga solib tiqilib qolishi mumkin. Mahsulot Oʻyinchoqlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma va tegishli EN 71-1 Yevropa standarti talablariga muvofiq emas.

Oʻrov-idishi: Blister oynachali karton quti

Xabarnoma Polshadan tarqatilgan.

NOGʻORA

Xabarnoma turi: jiddiy tahdidli mahsulot

Mahsulot nomi: Handtrommel — Drum

Rusumi: HUANGER

Ishlab chiqaruvchi davlat: Xitoy Xalq Respublikasi

Xavf turi: Boʻgʻilish

Tavsifi: Plastik tutqichli nogʻora.

Xavf: Oʻyinchoqning mayda qismlarini osonlikcha ajratish va sindirish mumkin. Yosh bola singan boʻlaklarni ogʻziga solib tiqilib qolishi mumkin. Mahsulot Oʻyinchoqlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma va EN 71-1 Yevropa standarti talablariga muvofiq emas.

Oʻrov-idishi: shaffof blister

Xabarnoma Belgiyadan tarqatilgan.

ZARGARLIK OʻYINCHOQLARI TOʻPLAMI

Xabarnoma turi: jiddiy tahdidli mahsulot

Mahsulot nomi: Hi Swell! Make Scented Accessories Jewelry Design Super set

Rusumi: Hi Swell!

Ishlab chiqaruvchi davlat: Xitoy Xalq Respublikasi

Xavf turi: Kimyoviy

Tavsifi: Xushboʻy hidli zargarlik buyumlarini va devonxona jihozlarini yasash uchun moʻljallangan oʻyinchoqlar toʻplami. Mahsulot xushboʻy plastikdan ishlangan har xil rangli zargarlik buyumlarini va mayda xarflar va taqinchoqlarni oʻz ichiga oladi. Bolalar ulardan oʻz xohishidagi zargarlik buyumlarini yasashi mumkin.

Xavf: Ananas koʻrinishidagi plastik marjon materialida haddan tashqari koʻp miqdordagi Di-izononilftalat (DINP) va Di(2-ethylhexyl) ftalat (DEHP) mavjud (oʻlchov koʻrsatkichlari: mos ravishda 23,3% va 94,8%). Ushbu ftalatlar bolalarning sogʻligʻiga yoki reproduktiv tizimi va jigariga zarar yetkazishi mumkin. Mahsulot REACH reglamenti talablariga muvofiq emas.

Oʻrov-idishi: shaffof plastik blister va karton quti

Xabarnoma Finlyandiyadan tarqatilgan.

Axborot tizimiga kiritilgan sifatsiz mahsulotlar bilan sontrol.standart.uz elektron manzilida batafsil tanishishingiz mumkin.