KOSMETIKA GOʻZALLIK VOSITASIMI YOXUD SALOMATLIKKA TAHDID?!

Goʻzallikka intilish har bir ayol uchun tabiiy tuygʻu. Ayniqsa XX asr ikkinchi yarmidan keyin dunyoda ayollar huquqlari taʼminlanishiga eʼtibor kuchayishi bilan, goʻzallik vositasi hisoblanmish kosmetika va parfyumeriya vositalari ishlab chiqarish keskin rivojlanib, sanoatning alohida tarmogʻiga aylandi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Biroq shu bilan birga bu vositalarning tarkibida kimyoviy moddalar juda katta miqdorni tashkil qilishini hamma ham bilmasa kerak… Ularning koʻpchiligi kanserogen va neyrotoksik xususiyatlarga ega boʻlib, inson organizmiga jiddiy xavf tugʻdiradi. Faqatgina joriy yilning oʻtgan vaqti mobaynida YEI bozorlarida 44 ta kosmetika va parfyumeriya vositalarining zararli xususiyatga ega ekanligi aniqlanib, savdodan olindi. Oʻz navbatida ushbu mahsulotlarning mamlakatimizga olib kirilishi ham cheklandi. Quyida ular jumlasiga kiruvchi bir qator mahsulotlar haqida maʼlumot berib oʻtamiz.

SHAMPUN VA KONDITSIONER

Toifasi: Kosmetika

Kod TN-VED: 3305100000

Mahsulot: Shampun va konditsioner

Tavsifi: Plastik idishlarga quyilgan shampun va konditsioner

Ogohlantirish turi: Boshqa xavf darajalariga ega mahsulotlar

Turi: Ehtiyoj tovarlari

Ogohlantirish raqami: A11/00001/21

Ogohlantiruvchi mamlakat : BELGIYA

Taʼminotchi mamlakat: Noʼmaʼlum

Xavf turi: Kimyoviy

Nomi: Fructis Hair Food

Rusumi: Garnier

Turi / model raqami: Fructis Hair Food (Banana, Aloe Vera, Macadamia, Papaya,…)

Toʻpi/ shtrix-kodi:

OECD Portal toifasi:

Xavf:

Nuqsoni: Mahsulotning oʻziga xos shakli, rangi va koʻrinishi tufayli, yosh bola yoki zaif kishi uni yegulik deb oʻylashi mumkin. Agarda mahsulot ichib yuborilsa sogʻliq uchun jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin. Chunki mahsulot tarkibida sirtqi-faol, koʻpik hosil qiluvchi modda boʻlib, u nafas yoʻllarida koʻpik hosil qilishi natijasida, kimyoviy pnevmoniyaga olib keladi. Kimyoviy pnevmoniya bolalar va katta kishilarni oʻlim holatigacha olib kelishi mumkin. Mahsulot oziq-ovqat immitatsiyasi Koʻrsatmasining talab va qoidalariga javob bermaydi.

Ogohlantiruvchi davlatlar tomonidan koʻrilgan choralar: Tamgʻalanishida mahsulotning zararliligi haqida ogohlantirish

Oʻrov-idishi: Idish sirtida mevalarning tasviri tushirilgan.

SOCHBOʻYOQ

Toifasi: Kosmetika

Mahsulot nomi: Sochboʻyoq

Tavsifi: Chaqamugʻchoy(sariqchoy) moyi bilan Eron xinasidan tayyorlangan tabiiy krem

Ogohlantirish turi: Jiddiy

Turi: Isteʼmol mahsulotlari

Ogohlantiruvchi davlat: LITVA

Ishlab chiqaruvchi mamlakat: LAOS

Xavf turi: Kimyoviy

Nomi: KPEM-XHA

Rusumi: Fitocosmetic

Xavf: Mahsulot tarkibida qoʻzgʻatuvchanlik, qichituvchanlik va allergik reaksiyalarga olib kelishi mumkin boʻlgan konservant 2-fenoksietanol (oʻlchangan qiymati: 1,4%) mavjud. Fenoksietanol gematotoksik va yengil qichitish xususiyatiga ega modda boʻlib, qon va jigarga zarar yetkazishi mumkin. / Mahsulot Yevropa Parlamenti va Kengashining 2009-yil 30-noyabrdagi kosmetik mahsulotlar toʻgʻrisidagi 1223/2009(YEC) -sonli Nizomiga mos kelmaydi.

Ogohlantiruvchi davlat tomonidan koʻrilgan choralar: Mahsulotni bozordan chaqirib olish

Oʻrov-idishi: Qarton qutiga joylangan plastik paket.

XINA MAHSULOTI

Toifasi: Kosmetika

Mahsulot nomi: Xina mahsuloti

Tavsifi: Xina mahsuloti

Ogohlantirish turi: Jiddiy

Turi: Isteʼmol tovarlari

Ogohlantiruvchi davlat: BIRLASHGAN QIROLLIK

Ishoʻlab chiqaruvchi mamlakat: POKISTON

Xavf turi: Kimyoviy

Nomi: Henna Emergency Cone Henna

Rusumi: Rasm E

Xavf: Mahsulot teriga / bosh terisiga surtilganda qichitma va kimyoviy kuyishga olib kelishi mumkin. / Bu kosmetik mahsulotlar toʻgʻrisidagi nizom talablariga javob bermaydi.

Ogohlantiruvchi davlat tomonidan koʻrilgan choralar: Mahsulotni bozordan chiqarish

Oʻrov-idishi: Konus shaklidagi oʻrov-idishga oʻralgan. Konuslar xinali ayol tasviri tushirilgan koʻk qutiga qadoqlangan.

TERINI OQARTIRUVCHI VOSITA

Toifasi: Kosmetika

Mahsulot nomi: “Terini oqartiruvchi vosita”

Tavsifi: Pushti yorliqli sargʻish, och jigarrangli plastik idishda terini oqartiruvchi 250 ml krem..

Ogohlantirish turi: Jiddiy

Turi: Isteʼmol mahsulotlari

Ogohlantiruvchi davlat: NORVEGIYA

Ishlab chiqaruvchi mamlakat: ITALIYA

Xavf turi: Kimyoviy

Nomi: Fade out cream

Rusumi: OʻTentika

Xavf: Mahsulot tarkibida simob mavjud (oʻlchangan qiymati: 0,4 mg / kg). Simob tanada toʻplanib, buyrak, miya va asab tizimiga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, bu reproduktiv tizim va xomilaga taʼsir qilishi mumkin. Mahsulot kosmetik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qoidalarga mos kelmaydi.

Ogohlantiruvchi davlat tomonidan koʻrilgan choralar: Mahsulotni sotishni taqiqlash

Oʻrov-idishi: Mahsulot Sargʻish ochjigarrang pushti karton qutida sotiladi.

XINA MAHSULOTI

Toifasi: Kosmetika

Mahsulot nomi: Xina mahsuloti

Tavsifi: Tanani boʻyash va vaqtincha tatuirovka qilish uchun ishlatiladigan kukunli jigarrang xina boʻyoq. Toʻylarda sovgʻa sifatida berish uchun. Mahsulot internetda ham sotilgan.

Ogohlantirish turi: Jiddiy

Turi: Isteʼmol mahsulotlari

Ogohlantiruvchi davlat: Buyuk britaniya

Ishlab chiqaruvchi mamlakat: POKISTON

Xavf turi: Kimyoviy

Nomi: Henna Cone Mehndy

Rusumi: Malki Mumtaz

Xavf: Mahsulot tarkibida fenol mavjud (oʻlchangan qiymati: 3,4%). Fenol korroziya chaqiradi, koʻz va terini qichitishi yoki shikastlanishiga olib kelishi va mutagen(genlarni oʻzgartirishi) boʻlishi mumkin. Mahsulot kosmetik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qoidalarga mos kelmaydi.

Ogohlantiruvchi davlat tomonidan koʻrilgan choralar: Mahsulotni bozordan chiqarish

Oʻrov-idishi: Mahsulot konussimon rangbarang tasvirli karton qutiga yorligʻi bilan joylangan polietilen paketda sotiladi.