EHTIYOT BOʻLING TOK URADI!

Bugungi kunda hayotimizni elektr tokisiz tasavvur qilish qiyin. Elektr toki nafaqat energiya manbai, uy, ishxona, koʻcha va maydonlarimizning charogʻonligi kafolati, balki kundalik hayotimizda ishlatiladigan, tirikchilik, uy-roʻzgʻor tashvishlarimizni ham yengillashtiradigan son-sanoqsiz uskunayu-moslamalarimiz uchun ham quvvat manbai.

“Diqqat sifatsiz mahsulot” ruknimizning bugungi sonini Kundalik hayotimizda foydalanadigan, uyimizni charogʻonu, tashvishimizni yengilu-oson qiladigan, biroq sogʻligimiz va hayotimizga xavf tugʻdiradigan elektr uskunalaria bagʻgʻishlaymiz.

USB ADAPTER(MOSLAMA)

Mahsulot: USB adapter

Xabarnoma turi: Jiddiy xavfga ega mahsulot

Nomi: SMART CHARGER KIT

Turi: Ehtiyoj tovarlari

Tavsifi: Oq rangli USB moslamasi.

Xabarnoma XORVATIYAdan tarqatilgan

Ishlab chiqaruvchi mamlakat: XXR

Xavf turi: Elektr tok urishi

Rusumi: TREQA

Xavf: Moslamada birinchi va ikkinchi (ochiq) zanjirlar orasidagi masofa/tirqish yetarli emas. Foydalanuvchi ochiq tok oʻtuvchi qismlarga teginib elektr tok urushidan zarar koʻrishi mumkin. Mahsulot past kuchlanishli elektr uskunalari Koʻrsatmasi va EN 60950-1 standarti talablariga muvofiq emas.

Ogohlantiruvchi mamlakat tomonidan koʻrilgan choralar: Mahsulotni bozordan chiqarish va marketingiga taʼqiq qoʻyish.

Oʻrov-idishi: Sariq rangli karton quti.

ELEKTR TOK UZAYTIRGICH

Mahsulot: Elektr tok uzaytirgich

Xabarnoma turi: Jiddiy xavfga ega mahsulotlar

Toifasi: Elektr texnika va uskunalar

Tavsifi: Elektr kuchlanishiga qarshi himoya qatlamiga ega 4 ta rozetkali tok uzaytirgich.

Xabarnoma POLSHA dan tarqatilgan.

Ishlab chiqaruvchi mamlakat: XXR

Xavf turi: Elektr tok urishi, yongʻin

Nomi: 4-Way Socket

Rusumi: TITANUM

Xavf: Mahsulot elektr tokining oʻtayuqori yuklanishiga qarshi himoyalanmagan. Elektr tokining oʻtayuqori yuklanishida mahsulotning simlari va korpusi qizib , yongʻin chiqarishi mumkin. Shuningdek simlari sifatsiz payvandlangan. Natijada payvand uzilishi va foydalanuvchi ularga tegib, elektr tok urushidan zarar koʻrishi mumkin. Mahsulot past kuchlanishli elektr uskunalari Koʻrsatmasi va EN 60950-1 standarti talabiga muvofiq emas.

Ogohlantiruvchi mamlakat tomonidan koʻrilgan choralar: Mahsulotni yoʻq qilish va bozordan chiqarish

Oʻrov-idishi: Polietilen oʻrama.

INVERTORLI PAYVANDLASH USKUNASI

Mahsulot: Invertorli payvandlash uskunasi

Tavsifi: Koʻchma invertorli payvandlash uskunasi

Xabarnoma turi: Boshqa xavf darajalariga ega mahsulotlar

Toifasi: Elektr texnika va uskunalari

Xabarnoma POLSHA dan tarqatilgan.

Ishlab chiqaruvchi mamlakat: XXR.

Xavf turi: Elektr tok urishi, yongʻin.

Nomi: Spawarka Inwertorowa.

Rusumi: INWERA.

Xavf: Mahsulot vilkasi nominal elektr toki quvvat zanjiri himoyasiga talab qilinadigan nominal tokdan past. Bu esa vilka yoki quvvat zanjirining boshqa qismlarining kuyishiga, izolyatsiyasining shikastlanishiga yoki yongʻin chiqishiga olib kelishi mumkin. Mahsulot past kuchlanishli elektr uskunalari Koʻrsatmasi va EN 60950-1 standarti talabiga muvofiq emas.

Ogohlantiruvchi mamlakat tomonidan koʻrilgan choralar: Mahsulotni yoʻq qilish va bozordan chiqarish.

Oʻrov-idishi: Karton quti.

LED CHIROQLARI

Mahsulot: LED chirogʻi

Toifasi: Elektr texnika va uskunalari

Tavsifi: Oq LED chirogʻi, masofadan boshqarish pulti bilan. Mahsulot onlayn tarzda, xususan Wish.com orqali sotilgan.

Xabarnoma turi: Jiddiy xavfga ega mahsulot

Xabarnoma Velikobritaniyadan tarqatilgan

Ishlab chiqaruvchi mamlakat: XXR.

Xavf turi: Elektr tok urishi

Nomi: LED RGB+W Bulb with Remote Control.

Rusumi: ENERG.

Xavf: Chiroqning shishasi qopqogʻi hech qanday vositasiz yechiladi, bu esa tok oʻtuvchi qismlarning ochilib qolishi va foydalanuvchi ularga tegib, elektr toki urishi mumkin. Mahsulot past kuchlanishli elektr uskunalari Koʻrsatmasi va EN 62560 standarti talablariga javob bermaydi.

Ogohlantiruvchi davlatlar tomonidan koʻrilgan choralar: Mahsulotni onlayn bozor roʻyxatidan chiqarish va oxirgi xaridorlardan chaqirib olish.

Oʻrov-idishi: Oq karton quti.

GAZOBETON ISHLAB CHIQARILISHI KOʻPAYTIRILADI