SVETODIOD CHIROQLARI SINOVLARI OʻTKAZILDI

Mamlakatimiz ichki bozorida sotilayotgan elektrotexnika mahsulotlari sifatini oʻrganish maqsadida Departament mutaxassislari tomonidan svetodiod chiroqlari(lampochka) va yoritgichlar(svetilnik) tanlab olinib, meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun akkreditlangan sinov laboratoriyasiga topshirildi. Sinovlarda DUSEL, VERA va VERAL brendi ostida savdoga chiqarilgan svetodiod chiroqlari Oʻz DSt 2899:2014 davlat standarti talablariga nomuvofiq deb topilgan boʻlsa, xuddi shu brend ostida mamlakatimizga olib kirilgan yoritgichlar tegishli GOST MEK 60598-1-2013 standarti talablariga toʻliq javob berishi maʼlum boʻldi.