PROFILAKTIKA TADBIRKORGA KOʻMAK DEMAKDIR

Departament mutaxassislari yil boshida olgan moʻljallariga muvofiq respublikamiz ishlab chiqarish korxonalarida profilaktika tadbirlarini davom ettirishmoqda. Joriy yilning oʻtgan birinchi choragida mutaxassislarimiz mamlakatimizning 2252 ta (shundan, 1446 tasi eksportyor) korxonasida boʻlishib, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida koʻmak berish hamda qonun buzilishi holatlarining oldini olish maqsadida oʻrganishlar oʻtkazishdi.

Mazkur oʻrganishlarda 432 ta holat(115 tasi oziq-ovqat, 156 tasi yengil sanoat, 55 tasi qurilish, 2 tasi elektrotexnika, 4 tasi charmsanoat, 43 tasi qishloq xoʻjaligi, 14 tasi kimyo sanoati, 4 tasi mashinasozlik va metalurgiya, 49 tasi boshqa yoʻnalishlar)da meʼyoriy hujjatlar joriy etilmaganligi aniqlanib, korxona rahbar va mutaxassislariga qonunchilikda belgilangan talab va javobgarliklar xususida tushuntirishlar berildi.

1266 ta korxona (404 tasi Oziq-ovqat, 318 tasi yengil sanoat, 166 tasi qurilish, 5 tasi elektrotexnika, 10 tasi charmsanoat, 5 tasi neft va gaz, 222 tasi qishloq xoʻjaligi, 40 tasi kimyo sanoati, 6 tasi mashinasozlik va metalurgiya,
13 tasi xizmat koʻrsatish, 77 tasi boshqa yoʻnalishlarda) 4037 ta meʼyoriy hujjat bilan taʼminlandi.

144 ta korxona (77 tasi oziq-ovqat, 10 tasi yengil sanoat, 29 tasi qurilish, 4 tasi neft va gaz, 10 tasi qishloq xoʻjaligi, 4 tasi kimyo sanoati,
4 tasi mashinasozlik va metallurgiya, 2 tasi xizmat koʻrsatish, 4 tasi boshqa yoʻnalishlar)da 779 ta oʻlchov vositasi metrologik qiyoslash koʻrigidan oʻtkazildi.

97 ta korxonada sertifikatlashtirish ishlarida amaliy yordam koʻrsatildi.

Profilaktika tadbirlari davomida oʻrganilgan korxonalarning masʼullari sohaga oid barcha qonun va qarorlar bilan tanishtirildi.