REJALAR BELGILAB OLINDI

Departamentning Navoiy viloyat boʻlimi, “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” DK Navoiy filiali hamda “OʻzTest” DUK Navoiy filiali mutaxassislari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240 sonli Farmoni hamda PQ-5133 sonli Qarori mazmun-mohiyati   yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda xodimlarga ushbu hujjatlarning mazmuni va ishlab chiqaruvchi hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar boʻyicha tushunchalar berildi. Tadbirda qabul qilingan farmon va qarorning bandlari chuqur oʻrganilib, belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash borasida rejalar  belgilab olindi.

Xuddi shunday yigʻilishlar Departamentning Sirdaryo va boshqa viloyat boʻlinmalarida ham oʻtkazilib, ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarga ushbu hujjatlarda belgilangan qulaylik va imtiyozlar tushuntirilmoqda.