SAYYOR UCHRASHUVLAR OʻTKAZILMOQDA

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 2-iyundagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF–6240-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5133-son qarorida belgilangan vazifalarni keng jamoatchilik va tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida joylarda sayyor uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Shunday uchrashuvlardan biri joriy yilning 18-iyun kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Sirdaryo tumani hokimining Investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari M. Soliyev, “OʻzMMI” DK direktori oʻrinbosari M.Djalilov, “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” Davlat nazorati Departamenti, “OʻzMMI” DK va “UzTest” DUK hududiy boʻlinmalari masʼullari ishtirok etishib, yigʻilganlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdilar.

Xuddi shunday uchrashuv tumanda faoliyat koʻrsatayotgan “SIRDARYO MEGA LUKS” MCHJ QK mutaxassislari bilan oʻtkazildi. Uchrashuvda korxonada mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish, ularni sertifikatlashtirish, sifatni boshqarish tizimlarini joriy qilish va oʻlchov vositalarini qiyoslash koʻrigidan oʻtkazish yoʻnalishlarida muloqot qilindi.