Profilaktika tadbirlari

Davlat nazorati departamenti rahbariyati va masullari tomonidan Toshkent shahri, Chilonzor tumanida joylashgan «Nur-tex» MCHJ va Uchtepa tumanida joylashgan «Uchtepa nur tekstil» MCHJ korxonalarida profilaktika tadbirlari o’tkazildi.

Profilaktika tadbirlari natijasida korxonalarga mahsus ish kiyimlari va tayyor to’qimachilik mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksport qilish uchun Oeko-Tex Standard 100 halqaro sertifikatini olish extiyoji borligi ma`lum bo`ldi.

Korxonalarga Oeko-Tex Standard 100 talablari tushuntirildi va xalqaro standartni joriy qilish va sertifikatlashtirishda amaliy yordam ko`rsatish kelishib olindi.