EKSPORT QILUVCHI KORXONALARGA KO`MAKLASHISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Davlat nazorati departamenti rahbariyati tomonidan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan «Shahrisabz silk production» MCHJ, «Hisorakgidroqurilish» MCHJ, G’uzor tumanida joylashgan «Uzbekiston GTL» qo’shma korxonasi va Koson tumanida joylashgan «Bunyodkor» MCHJ korxonalarida soha yo’nalishlari yuzasidan uchrashuvlar bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida korxonalardagi standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazish masalalari muhokama qilinib, zarur taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek Kitob tumanida joylashgan kalava ip va to‘qima mato mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi “Kitob ip yigiruv” aksiyadorlik jamiyatida uchrashuv o‘tkazildi.

Jamiyat tomonidan bugungi kunda kalava ip va to‘qima mato mahsulotlarini Turkiya, Rassiya, Xitoy davlatlariga eksport qilib kelmoqda. Uchrashuv davomida jamiyat ma‘sullariga xalqaro ISO standartlari asosida sifat menejment tizimlarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, jamiyat eksportni amalga oshirayotgan mamlakatlarda kalava ip va to‘qima mato mahsulotlariga qo‘yilgan talablar yetkazilib soha yo‘nalishlari bo‘cha hamkorlik qilish masalalari kelishib olindi.