SURXONDARYODA «HUDUDIY TARMOQLARARO SANOAT YARMARKASI» TASHKIL ETILDI.

O`zTTSAning Davlat nazorati departamenti xodimlari Surxondaryo viloyatida 2022-yilning 5-6 may kunlari tashkil etilgan «Hududiy tarmaqlararo sanoat yarmarkasi»da qatnashishdi. Unda qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini, dorivor o‘simliklarni qayta ishlash hamda transport va logistika korxonalari mas`ullari bevosita ishtirok etishdi. Mutaxasislar tomonidan tadbirkorlarga standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalari yuzasidan konsultativ xizmatlar ko`rsatildi.