USTOZLARDAN QIMMATLI MASLAHATLAR.

Bugungi kunda yosh mutaxassislarni har tomonlama shakllantirishga eʼtibor har qachongiga nisbatan tezlashtirish ehtiyoji zamon talabiga aylandi hamda kasbiy faoliyat sifatini oshirishga qaratildi. Tarixiy sharoitlarning oʻzgarishi borasida toʻplangan tajribalarni yoshlar ongiga yetkazish shakllari ham oʻzgarib bormoqda.

Ustoz-shogird anʼanalari koʻplab mehnat jamoalarida, shu jumladan, davlat idoralarida ham qoʻllanilib keladi. Bugun O`zTTSAning Davlat nazorati departamenti yosh xodimlari uchun juda foydali uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvga standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarini mukammal egallagan, yillar davomida shu sohada ishlab kelgan ustoz Miragzam Xudoyberdiyev va Maxmudov Mirg`aybulla taklif etildi.

Ustozlar o`z faoliyati davomida uchragan turli xil vaziyatlar, muammolar va ularni qay usulda bartaraf qilish to`g`ri ekanligi haqidagi tajribalari bilan bo`lishishdi. Ular yosh mutaxassislarni ko`proq bilim olishga, tajriba to`plashga har bitta harakatni asosli ekanligiga ishonch hosil qilgan holda bajarishga o`rgatishdi. Bu borada o`rnak bo`la oladigan voqealarni so`zlab berishdi. Ustozlar bilan bo`lgan suhbat qiziqarli va xar bir mutaxassis uchun foydali bo`lgan saboqlarga boy bo`ldi.