AYOLLAR HUQUQLARI VA GENDER TENGLIK.

Kundan kunga yurtimizda ayol boshliqlar, tadbirkorlar ko`payib bormoqda umuman ular jamiyatda oldingi 10 yillikga nisbatan faolroq bo`layotganliklarining guvohi bo`lmoqdamiz. Endilikda ayollar faqat uy-ishlari, bola tarbiyasi bilan shug’ullanib, “ yo oila, yo ish” ,-  degan fikrlar gender tengligiga to’sqinlik qiladi.

Ko’rib turibmizki, rivojlanishning eng o’tkir muammolaridan biri tenglikka erishish, ayniqsa, jamiyatda ham, oilada ham erkak va ayolning gender tengiligiga erishish eng og’ir masalalardan biridir. Xotin-qizlarning gender kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida O’zbekiston Respublikasida Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo’yicha komissiya tashkil etilgan. O`zTTSAning Davlat nazorati departamenti ayni shu masalada ijodiy uchrashuv tashkil qildi.

Undan maqsad ayol xodimlar ishda va oilada faol va malakali bo`lishiga, ularni zamon bilan hamnafas yashashlariga qaysidur ma`noda  turtki berish,  ishga, oilaga umuman jamiyatga yangicha nigoh bilan boqishlari uchun dunyo qarashlarini kengaytirish. Ijodiy uchrashuvda ayollarimiz uchun  bugungi kunda juda kerakli mutaxassis malakali psixolog Salijanova Zebo va ajoyib notiq, boshlovchi Ra`no Alimova hamda taniqli aktrisa Zuxra Soliyeva mehmon bo`ldilar.

“Ayol xodimning ishda va uyda faol bo`lishi”,- mavzusida Psixolog Salijanova Zebo kichik master klass o`tib berdi. Interaktiv usulda tashkil etilgan ush bu amaliy dars barcha ishtirokchilarning mavzuni tez tushinib olishlariga yordam berdi. “Davlat idoralarida adabiy tilda so`zlashish mahorati”-mavzusida o`z kasbining utasi Ra`no Alimova juda o`rinli va kerakli misollar va mashqlar bilan xodimlarning bilim va ko`nikmalarini oshirdi. Boshliq va xodim o`rtasidagi, hamda hamkasblar o`zaro qanday nutq olib borishlari kerakligi va uning o`z qonun qoidalari borligi haqida alohida to`xtalib o`tdi. Ajoyib aktrisa Zuxra Soliyeva barcha ayollarga ko`taringi kayfiyat bag`ishladi va o`z faoliyati hamda kino ijod olami haqida qiziqarli bo`lgan hayotiy voqealarni so`zlab berdi. Bugungi ijodiy uchrashuv barcha ayol xodimlar uchun foydali ayniqsa estaqolarli bo`ldi.