1 IYUN XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI.

Butun dunyo bo‘ylab qariyb 70 yildan buyon 1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida keng nishonlanadi.

Mamlakatimizda bolalar kelajagimiz vorislari, millatimiz davomchilari sifatida e’zozlanadi. “Save the Children” xalqaro tashkiloti reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi bolalar salomatligi to‘g‘risida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan o‘nta mamlakat qatoridan joy olgan. Nafaqat salomatlik sohasida balki bolalarga oid har qanday jabhada mamlakatimiz oldingi o’rinlarda turadi. Bugun «Xalqaro bolalar kuni» munosabati bilan O’zTTSAning Davlat nazorati departamenti xodimlari Toshkent shahar «ECO PARK» bog’ida bolalar uchun bayram tashkillashtirishdi. Bayramda bolalar uchun turli xil qiziqarli sport musobaqalari, musiqiy o’yinlar tayyorlandi. Bundan tashqari, ular uchun tabiat qo’ynida dasturxon yozildi.