DEPARTAMENTDA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH HOLATI O`RGANILDI.

Departamentda davlat tilida ish yuritish o‘rganildi
O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan davlat tilida ish yuritilishi ta’minlash, lotin alifbosiga bosqichma bosqich to‘liq o‘tilishi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan Agentlikning markaziy apparati bilan bir qatorda uning tizim tashkilotlari, hududiy filiallarida ham ijobiy ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish, monitoring qilish, o‘rganish ishlarini olib borilmoqda.
Huddi shunday maqsadda Agentlikning tizim tashkiloti hisoblangan Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash, lotin alifbosiga o‘tish, ma’naviy va ma’rifiy ishlar holati o‘rganildi. Departamentda yuritilayotgan barcha ichki hujjatlar, texnik hujjatlar, lavozim yo‘riqnomalari hamda idoraviy kutubxona ko‘zdan kechirildi.
Departamentda ish yuritish to‘liq davlat tilida olib boriladi. Lekin boshqa tashkilotlar yoki xususiy sektordan kelayotgan xat va murojaatlar haqida ham alohida fikr almashildi va ularga davlat tilida javob qaytarishga kelishib olindi. Shuningdek, shunday tartibdagi xat va murojaatlar mualliflari bilan davlat tilida rasmiylashtirilishi haqida ham tushuntirish ishlari olib borilishi muhokama qilindi.
Departamentda bosh millat vakillaridan iborat xodimlar mavjud bo‘lmagani uchun ularga davlat tilini o‘rganishga ehtiyoj yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malakasini oshirish markazida lotin alifbosia ttish asoslarini o‘rgangan xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi va kelgusida ushbu malaka oshirish kurslarida qatnashuvchi xodimlar bo‘yicha nomzodlar tanlab olindi. Lotin alifbosiga o‘tish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Monitoring jarayonida Vazirlar Mahkamasi tomonidan kirill yozuvi yozishmalarining oxirgi muddati 2023 yil 1 yanvar etib qat’iy belgilangani, shuningdek, korxona hujjatlari bilan ishlashda o‘zbek tili imlo qoidalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni to‘g‘ri yuritish asosiy masala ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Departamentning hududiy filiallarida ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.