YOSHLAR KELAJAGIMIZ.

Ma’lumki, O‘zbekistonda 30 iyun — Yoshlar kuni nishonlanadi. 2017 yil 30 iyun kuni «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu sanani mamlakatda Yoshlar kuni sifatida nishonlash tashabbusini ilgari surgan edi. 26 avgustda esa «O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun matbuotda e’lon qilindi va kuchga kirdi.
Mazkur sana tobora yaqinlashishi munosabati bilan bu kuni ko‘plab tadbirlar, konsertlar, sport musobaqalari, tanlovlar, uchrashuvlarni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Davlat nazorati Departamentida o‘tkazilgan yoshlar bilan uchrashuvda bir qator ma’naviy-ma’rifiy masalalar bilan birga Yoshlar kunini munosib nishonlash bo‘yicha qilinadigan ishlar muhokama qilindi.
Uchrashuvda Departament va uning hududiy filiallarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yo‘lida o‘tkazilayotgan tadbirlar, yoshlarning ma’naviy barkamolligi yo‘lidagi ishlar, kitobxonlik madaniyatini oshirish borasidagi tadbirlar alohida e’tibor etildi. Departament tizimidagi iqtidorli yoshlar haqida so‘z yuritildi. Uchrashuvda yosh xodimlar tomonidan “Zakovat” intellektual o‘yinini o‘tkazish va unda Agentlikning boshqa tizim tashkilotlari ham faol ishtirok etishlari yuzasidan taklif bildirildi.
Yoshlar kunini nishonlash bo‘yicha esa “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Departament va uning hududiy filiallari festival o‘tkazishlari va festival dasturlari haqida ma’lumot berildi, tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Haqiqatan ham, O‘zbekiston aholisining yarmi 30 yoshgacha bo‘lib, jamiyatning shunday muhim qismi bo‘lgan holda ular o‘z ijodkorligi, innovatsiyalari, resurslari va xayrixohligi bilan ulkan hissa qo‘shmoqda. Yoshlar kelajagimiz kaliti, tinchlik va porloq hayotning umid chiroqlaridir.