✅TADBIRKORGA KO`MAKDOSH!

O`zTTSAning Davlat nazorati departamenti rahbariyati hamda mutaxasislar tomonidan birgalikda Farg`ona viloyatining bir qator korxonalarida «Tadbirkorga ko`makdosh» loyihasi asosida o`rganishlar o`rganishlar olib borilmoqda.

✅Tadbir davomida Rahbariyat va mas`ul xodimlari Farg`ona viloyatida joylashgan:

?Gaz balonlarini ishlab chiqaruvchi “SHAFFOF METAN SANOATI” MCHJ;

?Gaz balonlarini sinovdan o`tkazuvchi “OYBEK METAN” MCHJ QK;

?Sut mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini olib boradigan “SADAF SUT” OKda profilaktika ishlarini amalga oshirishdi.

Tadbir davomida korxona mutaxassislariga Yevropa Ittifoqining GSP+ tizimi doirasida Yevropa davlatlariga eksport qilish, korxonada faoliyat ko‘rsatayotgan kardlarni soha yo‘nalishi bo‘yicha malakasini oshirish, xalqaro standartlar va sifat menejment tizimlarini joriy qilinishi bo‘yicha tushunchalar berildi. Bu kabi ishlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf qilishda yordam berishlariga kelishildi.