IMPORTNI O`RNINI BOSUVCHI EKSPORTBOB MAHSULOTLAR O`RGANILDI.

⚡️ O`zTTSA Davlat nazorati departamenti Jizzax viloyati bo’limi xodimlari tomonidan Jizzax shahrida faoliyat yuritayotgan metall shkaf va metall seyf mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “KEYS LUCK” MCHJda profilaktika tadbirlari o’tkazildi. ⚡️ Profilaktika davomida korxonada foydalanilayotgan o`lchov vositalarini qiyoslash sertifikatlarining amal qilish muddati tugaganligi aniqlandi va o`lchov vositalarini davriy qiyoslashdan o`z vaqtida o`tkazish bo`yicha ko`rsatmalar berildi. ⚡️ Shuningdek, … Read more

XALQARO EKSPERTLAR BOSHCHILIGIDA TREYNING SEMINAR…

Bugun 8-avgust kuni Toshkentning Courtyard by Marriott mehmonxonasida Yevropa Komissiyasining Texnik yordam va axborot almashuvi vositasi ko’magi (TAIEX) hamkorligida Xalqaro ekspertlar boshchiligida Davlat nazorati departamenti mutaxassislari uchun «Xavflilik darajasi yuqori bo’lgan mahsulotlarni erkin muomaladan chiqarish va yo’q qilishda Yevropa tajribasi» mavzusida treyning seminarlari boshlandi.

⚡️ YEVROPA TAJRIBASINI O`RGANISH VA KELAJAKKA YANGI QADAM.

Yevropa Ittifoqi tajribasini o‘rganish Agentlikka O‘zbekiston savdosini rivojlantirishning samarali mexanizmini yaratish hamda mamlakatni Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan iqtisodiyotlarda qabul qilingan me’yor va talablarga yaqinlashtiradigan muhim hukumat qarorlarini tayyorlashga yordam beradi.Muvofiqlikni baholash tartib-taomillari boʻyicha Agentlikning salohiyatini oshirish Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi hamda Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston hozirda muzokaralar olib borayotgan Kengaytirilgan sheriklik doirasidagi majburiyatlarning bajarilishiga … Read more

⚡️ YEVROPA TAJRIBASINI O`RGANISHNING 2-KUNI.

8-avgust kuni boshlangan o’quv seminarining 2- kuni davom etmoqda. Toshkent shahrining «Courtyard by Marriott» mehmonxonasida bo’lib o’tayotgan mashg’ulotlar yuqori saviyada tashkil qilingan bo’lib, mutaxassislarga mavzular mobile ovoz uzatgich yordamida sinxron tarjima bilan tushuntirilmoqda. ⚡️Treyning seminar Mr. Eduards Bakasejevs (Latviya), Mr Vadims Bartkevics (Latviya), Dr Vilius Rekštys (Litva) tomonidan olib boriladi.