⚡️ YEVROPA TAJRIBASINI O`RGANISH VA KELAJAKKA YANGI QADAM.

Yevropa Ittifoqi tajribasini o‘rganish Agentlikka O‘zbekiston savdosini rivojlantirishning samarali mexanizmini yaratish hamda mamlakatni Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan iqtisodiyotlarda qabul qilingan me’yor va talablarga yaqinlashtiradigan muhim hukumat qarorlarini tayyorlashga yordam beradi.Muvofiqlikni baholash tartib-taomillari boʻyicha Agentlikning salohiyatini oshirish Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi hamda Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston hozirda muzokaralar olib borayotgan Kengaytirilgan sheriklik doirasidagi majburiyatlarning bajarilishiga ham foyda keltiradi. So‘nggi muzokaralar 2021-yil iyun oyida bo‘lib o‘tdi. Bu so‘rov shuningdek, JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha navbatdagi ishchi guruh iyul oyi oxiri/avgust oyining boshida bo‘lib o‘tishi munosabati bilan ham dolzarbdir.