OAV vakillarini akkreditatsiya qilish

Departamentda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-noyabrdagi 243-sonli qarori bilan tasdiqlangan“ Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

OAV vakillari Departamentda akkreditatsiyadan oʻtishlari uchun tahririyatning rasmiy blankida bosh muharrir tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan buyurtma berishlari lozim. Buyurtmada quyidagilar koʻrsatilishi shart:

OAV nomi va turi

Yoʻnalishi

Maʼlumotlarni tarqatish geografiyasi

elektron pochta manzili

Tahririyat telefon va faks raqamlari

Yuborilayotgan vakil(lar)ning familiya, ismi va otasining ismi

Oʻz vazifalarini bajarishda qoʻllaniladigan uskunalar roʻyxati.

Buyurtmaga shuningdek, muxbirning xizmat vazifasi, pasport maʼlumotlari, diplom nusxalari, elektron manzili, telefon raqamlari vabelgilangan shakldagi 4 ta fotosurat ilova qilinishi kerak.