KUTUBXONA FONDI BOYITILDI.

Davlat nazorati departamentining kutubxonasiga yangi kitoblar to‘plami topshirildi. Kitob topshirish marosimi ko‘rgazmaviy taqdimot tarzida bo‘lib o‘tdi.
Unda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktorining maslahatchisi N.Mamadalieva ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shavkat Mirziyoevning asarlari, Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va Davlat tilini rivojlantirish masalalari Departamenti tashabbusi bilan nashr qilingan “Davlat tilida ish yuritish”, “O‘zbek tili me’yorlari” qo‘llanmalari va boshqa badiiy adabiyotlar taqdimoti o‘tkazildi. Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi yangi bosqichida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, elu yurtga muhabbat hamda sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada qabul qilingan qator farmon va qarorlar mamlakatda kitobxonlikni yanada rivojlantirish, kutubxonalar faoliyatini samarali tashkil etishda muhim huquqiy asos bo‘lmoqda. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti — kitob va kutubxonalarda.
Taqdimot so‘nggida kitob shinavandalari kutubxonaga jahon adiblari asarlarini olib kelish taklifini kiritdilar. Taqdimot yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Categories News