Sertifikatlashtirish boʻyicha

Sertifikatlashtirish sohasida qonunchilik buzilishining oldini olish boʻyicha profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi hamda korxonalarga har tomonlama yordam koʻrsatadi;

korxonalarga sertifikatlashtirish sohasidanormativ hujjatlarni ishlab chiqishda amaliy yordam koʻrsatadi;

majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etish ustidan davlat nazoratini tashkillashtiradi va amalga oshiradi;

sertifikatlashtirish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha zarur tavsiyalar beradi;

majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga nomuvofiq mahsulotlar (xizmatlar) realizatsiya qilinishi faktlarini aniqlaydi;

aholi va tadbirkorlik subyektlarini sertifikatlashtirish masalalari boʻyichanormativ-huquqiy hujjatlar bilantanishtiradi;

sertifikatlashtirish sohasida korxonalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha choralarni amalga oshiradi;

sertifikatlashtirish sohasida qonunchilik talablari buzilishi boʻyicha ogohlantirish va profilaktika choralarini ommaviy axborot vositalarida yoritadi.