Standartlashtirish boʻyicha

standartlashtirish sohasida qonun hujjatlari buzilishi oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish;

standartlashtirish masalalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama koʻmaklashish;

standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etish yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;

standartlashtirish sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash yuzasidan komleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularni keltirib chiqarishga asos boʻluvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish.

tadbirkorlik subyektlarini standartlashtirish sohasidagi qonunchilik talablari aks etgan tarqatma materiallar bilan taʼminlash;

aholi va tadbirkorlik subyektlarini standartlashtirish masalalariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan oʻz vaqtida tanishtirish va yetkazish ishlarini tashkil etish;

standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni tarjima qilishda (rus va davlat tiliga) amaliy yordam koʻrsatish;

standartlashtirishga doirnormativ hujjatlarni, agar ular texnik darajani va mahsulot sifatini oshirishga xizmat qilmayotgan boʻlsa hamda amaldagi qonunchilikka zid boʻlsa, ularni bekor qilish, amal qilish muddatini qisqartirish va oʻzgartirishlar kiritish yoki qayta koʻrib chiqish taklifini kiritish.