Yuqori turuvchi organ

Departamentning yuqori turuvchi organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4059-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish (“Oʻzstandart”)agentligi hisoblanadi.

“Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 348-sonli qaroriga asosan texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi vazifalarni hal etish uchun maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

“Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha milliy organ hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

“Oʻzstandart” agentligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga shuningdek, Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.

“Oʻzstandart” agentligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisobraqamlariga ega.