Departament texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida qonuniy talablarga va normativ-huquqiy hujjatlarga, texnik reglamentlarga, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarga, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻgʻriligini taʼminlash, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etish boʻyicha davlat nazoratiniamalga oshiradi.
Davlat nazorati Departament davlat inspektorlari tomonidan qonunchilikda belgilangan shartlarda hamda tartibda amalga oshiriladi.
Departamentning davlat inspektorlari oliy maʼlumotga ega boʻlishlari va “Oʻzstandart” agentligi tomonidan majburiy attestatsiyadan belgilangan tartibda oʻtishlari kerak.
Davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat inspektorlari davlat boshqaruvi organlari vakillari hisoblanadi, davlat ximoyasida va joylardagi davlat boshqaruvi organlaridan mustaqil boʻladi hamda bevosita Departamentga boʻysinadilar.
Departamentning oʻz vakolati doirasiga taalluqli boʻlgan masalalar yuzasidan qabul qilinadigan va oʻrnatilgan tartibda qabul qilingan qarorlari, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan bajarilishi majburiydir.